Videoroliklar

Etefon qo‘llanilishi ijobiy natija bermoqda

Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani, “To‘rayev Muzaffar” fermer xo‘jaligining 11 gektar g‘o‘za maydonida joriy yilning 29-iyul kuni etefon preparati gektariga 1,5 litr me’yorda qo‘llanildi. Mazkur preparat g’o’zaning birmaromda pishib yetilishi va ko’saklarning ochilish jarayonini jadallashtirib, hosilni qisqa muddatda, sifatli hamda kamyo’qotishlar bilan yig’ib olish uchun qulay sharoit yaratadi. Ayni paytda respublikamizning turli hududlaridagi paxta maydonlarida etefon […]

Etifon preparatining gʻoʻza rivojida va hosildorlikni oshirishdagi samarasi oʻrganildi

AKIS mutaxassislari hamda tajribali fermerlar ishtirokida gʻoʻza maydonlarida koʻrgazmali amaliy koʻrik oʻtkazildi. Unda gektariga 1 litr me’yorda qoʻllanilgan Etifon preparatining natijalari joyida tahlil qilindi. • Hosildorlik: Har bir tup gʻoʻzada kamida 8-10 tadan tayyor koʻsak shakllangan boʻlib, bitta koʻsakdagi paxta vazni oʻrtacha 8 grammni tashkil etmoqda. • Oziqlantirish: Preparat gʻoʻzaning ortiqcha shona va gʻunchalarini toʻkib,

“G‘ozg‘on” — hosildorlik va iqlimga moslashuvchan nav

O‘zbek olimlari tomonidan yaratilgan “G‘ozg‘on” bugʻdoy navi erta pishar bo‘lib, turli tuproq-iqlim sharoitlariga yaxshi moslashadi va barqaror hosildorlikni ta’minlaydi. Yuqori agrotexnika sharoitida 1 gektardan 78–85 sentnergacha hosil olish mumkin! Tezpishar, kasalliklarga chidamli va serhosil bugʻdoy navini izlayapsizmi? Unda “G‘ozg‘on” — ishonchli tanlovingiz bo‘la oladi!

Tuproqqa noto‘g‘ri ishlov berish qanday oqibatlarga olib keladi?

Tuproqqa noto‘g‘ri ishlov berish uning strukturasini buzadi, zichlanishni kuchaytiradi va suv-havo almashinuvini yomonlashtiradi. Natijada ildizlarning rivojlanishi cheklanadi, o‘simliklarning oziqa moddalarini o‘zlashtirishi pasayadi hamda hosildorlik kamayadi. Shuningdek, gumus miqdorining kamayishi tuproq unumdorligini pasaytiradi va atmosferaga CO₂ ajralishini ko‘paytirib, iqlim o‘zgarishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

AKIS jamoasining bir kuni qanday o‘tadi?

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etish yo‘lida AKIS mutaxassislari har kuni fermer va dehqonlar bilan ishlaydi, dala maydonlarida kuzatuvlar olib boradi, maslahatlar beradi hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni targ‘ib qiladi.

Jizzaxda og‘irligi 35 kilogrammgacha yetadigan oshqovoq parvarishlanmoqda

Qishloq xo‘jaligida har bir qarich yerdan unumli foydalanish — yuqori daromad garovidir. Jizzax viloyatida AKIS ko‘magi hamda “Yuz tashabbus” loyihasi doirasida dala chetlariga ekilgan Gollandiyaning “Mamont Gold” oshqovoq navi bunga yorqin misol bo‘lmoqda. AKIS mutaxassisi ta’kidlashicha, ushbu nav har bir donasi 30–35 kggacha tosh bosadi va bir tub ko‘chatdan 15–20 tagacha oshqovoq berishi mumkin. To‘g‘ri

AKIS’dan yangi ekologik yechim!

Aholining suv resurslariga boʻlgan masʼuliyatini oshirish va ekologik barqarorlikni taʼminlash doimiy eʼtiborimizdagi dolzarb masaladir. Respublika agroxizmatlar markazi (AKIS) tomonidan suv havzalari hamda kanallarni plastik chiqindilardan tozalash jarayoniga yangi samarali qurilma joriy etildi. Ushbu maxsus toʻrsimon (setka) moslama suv oqimi bilan kelayotgan plastmassa va boshqa maishiy chiqindilarni tutib qolib, ularni belgilangan tartibda yigʻib olish va qayta

Jizzaxda tomchilatib sug‘orish orqali piyoz yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishilmoqda

Jizzax viloyatida qishloq xo‘jaligiga zamonaviy agrotexnologiyalar va suv tejovchi usullarni joriy etish o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Tajriba maydonida AKIS mutaxassisi Islombek Hamroyev tomonidan parvarish qilinayotgan Hollandiyaning “Daytona F1” piyoz navi bunga yaqqol misoldir. To‘g‘ri agrotexnik ishlov berish va tomchilatib sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yilgani sababli 10 sotix yer maydonidan 12 tonnagacha sifatli hamda ekologik toza hosil

Прокрутить вверх