Tuproqqa noto‘g‘ri ishlov berish uning strukturasini buzadi, zichlanishni kuchaytiradi va suv-havo almashinuvini yomonlashtiradi. Natijada ildizlarning rivojlanishi cheklanadi, o‘simliklarning oziqa moddalarini o‘zlashtirishi pasayadi hamda hosildorlik kamayadi.
Shuningdek, gumus miqdorining kamayishi tuproq unumdorligini pasaytiradi va atmosferaga CO₂ ajralishini ko‘paytirib, iqlim o‘zgarishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

