Videoroliklar

Farg‘ona viloyati Agroxizmatlar markazi direktori Ravshan Kurbonov tomonidan Bag‘dod tumanidagi «Solijon Ahmedov» fermer xo‘jaligida «Shinjon» usulida rangli plyonkalar ostida yetishtirilayotgan g‘o‘za maydonida fenologik kuzatuvlar olib borildi. Kuzatuvlar davomida g‘o‘zaning o‘sish va rivojlanish bosqichlari, rangli plyonkalar qo‘llanilgan maydonlarning holati hamda agrotexnik tadbirlar samaradorligi joyida baholandi. Olingan natijalar asosida fermer xo‘jaligi mutaxassislariga mavsumni samarali yakunlash bo‘yicha tegishli […]

Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘quv mashqlari o‘tkazildi

Respublika agroxizmatlar markazi xodimlari uchun fuqaro muhofazasi oyligi doirasida bugun yong‘in xavfsizligi bo‘yicha amaliy o‘quv mashqlari tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida xodimlarga favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish tartibi, yong‘in sodir bo‘lganda evakuatsiya qoidalari, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish hamda mehnat va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish yuzasidan amaliy va nazariy tushunchalar berildi. Shuningdek, mutaxassislar

KUZGI BUG‘DOYNING «ASR» NAVI

Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan yaratilgan istiqbolli kuzgi bug‘doy navi. Asosiy tavsiflari:Yaratilgan yili: 2013-yilO‘suv davri: 230–235 kunHosildorligi: 110–120 sentner/ga1000 dona don og‘irligi: 45–50 g Navning afzalliklari: • O‘rta pishar nav • Boshoqlari yirik • Qimmatbaho don hosil qiladi • Yotib qolishga chidamli • Asosiy kasalliklarga bardoshli «Asr» navi yuqori hosildorligi, don sifati va

“Ulug‘niyat yulduzi” fermer xo‘jaligining 5 gektar g‘o‘za maydonida etefon preparati qo‘llanildi.

Namangan viloyati, Namangan tumani, Navbahor MMTP hududidagi “Ulug‘niyat yulduzi” fermer xo‘jaligining 5 gektar g‘o‘za maydonida etefon preparati qo‘llanildi. Mazkur preparat g‘o‘zaning bir maromda pishib yetilishi va ko‘saklarning ochilish jarayonini jadallashtirib, hosilni qisqa muddatda, sifatli hamda kam yo‘qotishlar bilan yig‘ib olish uchun qulay sharoit yaratadi. Ayni paytda respublikamizning turli hududlaridagi paxta maydonlarida etefon preparatini belgilangan me’yorlar

Kartoshka tuganaklarini qizil spektrli lampalar yordamida nishlatish jarayoni o‘rganildi.

Farg‘ona viloyati Agroxizmatlar markazi direktori Ravshan Kurbanov tomonidan Bag‘dod tumanidagi “Solijon Axmedov” fermer xo‘jaligida takroriy ekin maydonlariga ekish uchun urug‘lik kartoshka tuganaklarini qizil spektrli lampalar yordamida nishlatish jarayoni o‘rganildi. Mazkur tajribada 15 kun avval “Gala” va “Koroleva Anna” navli urug‘lik kartoshkalar qizil spektrli lampalar yordamida hamda an’anaviy usulda nishlatishga qo‘yilgan bo‘lib, bugungi kunda ularning o‘sish

Etefon g‘o‘zaga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Bu savol bugun barcha fermerlar uchun dolzarb va qiziq. Mazkur savolga Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov bevosita g‘o‘za dalasida fermerlarga sodda va tushunarli tarzda javob berdi.

Mo‘l hosil sari: etefon qo‘llashning amaliy natijalari

Sirdaryo viloyati, Hovos tumanidagi Norchayev fermer xo‘jaligining “Zamin unumdor yer777”MCHJga qarashli g‘o‘za maydonida joriy yilning 29-iyul kuni etefon preparati gektariga 2 litr me’yorda qo‘llanildi. O‘tkazilgan kuzatuvlar natijasida preparatning ijobiy ta’siri qayd etilib, g‘o‘za barglarida tabiiy fiziologik o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Jami 120 gektar maydonning 63 gektarida ishlov yakunlangan bo‘lib, qolgan maydonlarda agrotexnik tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Dala

Mo‘l hosil sari: etefon qo‘llashning amaliy natijalari

Namangan viloyati, Uychi tumani, Zarbol Navoiy MMTP hududidagi “Umurzoqov Jahongiz” fermer xo‘jaligining 5 gektarli g‘o‘za maydonida etefon preparati qo’llanilishi natijasida ijobiy natijalar kuzatilmoqda. Mazkur preparat g’o’zaning bir maromda pishib yetilishi va ko’saklarning ochilish jarayonini jadallashtirib, hosilni qisqa muddatda, sifatli hamda kamyo’qotishlar bilan yig’ib olish uchun qulay sharoit yaratadi.

Qizil spektrli nurlar hosildorlikni oshirmoqda

Samarqand viloyati Tayloq tumanida “Qishloq xo‘jaligida innovatsion 100 tashabbus” doirasida qizil spektrli nurlar yordamida ishlov berilgan urug‘lik kartoshka maydonlarida hosil yig‘im-terimi davom etmoqda. Dastlabki natijalar ushbu innovatsion texnologiyaning yuqori samaradorligini tasdiqlamoqda. Qizil spektrli nurlar bilan ishlov berilgan urug‘likdan yetishtirilgan kartoshka maydonlarida hosildorlik 600 sentnergacha yetib, an’anaviy usulda ekilgan maydonlarga nisbatan sezilarli darajada yuqori natijalar qayd

Прокрутить вверх