Agrotavsiyalar

“Yoshlar kuni” navbatdagi seminar amaliy mashg‘ulotga aylandi

“Yoshlar kuni” navbatdagi seminar amaliy mashg‘ulotga aylandi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan haftaning har payshanba kuni barcha darajadagi idoralarda «Yoshlar kuni» etib belgilangandi.Bu yoshlar bilan ishlashning yangi va samarali tizimini boshlab berdi. Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Zangiota tumani hokimi boshchiligida sektor rahbarlari hamda 70 dan ortiq ishsiz yoshlar ishtirokida navbatdagi amaliy seminar o‘tkazildi. Shuningdek, seminarda […]

Kartoshkachilik: hosildorlik kafolati – ilmiy yondashuvda

Kuni kecha Xorazm viloyatida kartoshkachilik sohasini yanada rivojlantirish, hosildorlikni oshirish va zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etishga bagʼishlangan muhim seminar tashkil etildi. Seminar davomida ishtirokchilar kartoshka yetishtirishning ilgʼor va samarali usullari, yuqori hosilli va mahalliy iqlimga mos navlarni tanlash, zamonaviy va tejamkor sugʼorish texnologiyalari, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi samarali kurash choralari boʼyicha amaliy va nazariy tavsiyalarga

Ekologik toza biochar — fermerlar uchun yangi imkoniyat

Xabaringiz bor ayni kunlarda respublikamiz hududlari bo‘ylab 2025-yil mobaynida dalalarda hosildan so‘ng qoladigan g‘o‘zapoyalardan, yer uchun foydali bo‘lgan ekologik toza biochar (bioko‘mir) tayyorlash va uni Global carbon trading tizimiga ulash orqali fermerlar uchun qo‘shimcha daromad topish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda. Respublika agroxizmatlar markazi direktori Akmal Tulanov Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida joylashgan «Umid» fermer xo‘jaligida

Sho‘rlangan yerlarni qayta tiklash mumkinligini bilasizmi?

Tuzlarni o‘simliklar ildiziga nisbatan pastroq joylashgan yer qatlamlariga yuvib tushirish bo‘lib, bunga sho‘r yuvish orqali erishish mumkin. Bu 2 ta harakatni o‘z ichiga oladi, ortiqcha tuzlar yuviladi va shu vaqtni o‘zida ular sunʼiy kollektor-zovur tarmoqlari yordamida daladan tashqariga chiqarib tashlanadi. Sho‘rga chidamli o‘simliklar va galofitlar ekish, masalan: jo‘xori, qizilmiya, semizo’t, indigoferra (bo’yoq olinadi), beda va

Tuproq tahlili — hosildorlik kaliti!

Joriy yilning 16-fevral sanasida Do’stlik tumani bosh mutaxassisi A.Umirzakov tomonidan Paxtakor tumani fermer xoʼjalik rahbarlari uchun seminar tashkil etildi. Seminar davomida qishloq xoʼjalik ekinlaridan yuqori hosil olishda tuproq unumdorligini oshirishning ahamiyati, tuproq namunalarini toʼgʼri olish va ularni laboratoriya tahlilidan oʼtkazish tartibi haqida batafsil tushunchalar berildi. Tuproq tahlili – bu fermerlar uchun zarur bo‘lgan eng muhim

Qulupnayning “Solhyang” navi

Qulupnayning Koreya seleksiyasiga mansub “Solhyang” naviRespublika agroxizmatlar markazining “aqilli” issiqxonasida yetishtirilmoqda. Ushbu navdan inovvatsion texnalogiyalar orqali yil davomda sifatli hosil olishga erishilmoqda.

Toshkent viloyati agroxizmatlar markazining tuman bosh mutaxassislari uchun Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida maxsus o‘quv-seminari tashkil etildi.

Toshkent viloyati agroxizmatlar markazining tuman bosh mutaxassislari uchun Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida maxsus o‘quv-seminari tashkil etildi. Mazkur seminarda mutaxassislar quyidagi yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini oshirdilar: Sabzavot va poliz ekinlarining yangi, serhosil navlari;Zamonaviy yetishtirish texnologiyalari va innovatsion usullar;Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishning samarali yo‘llari. Ushbu malaka oshirish tadbirlari kelgusida joylarda fermer va dehqonlarga yanada

Sideratlar: Qishloq xo’jaligida ekinlarni tabiiy va ekologik xavfsiz oziqlantirish usuli

Yashil o’g’itlar (sideratlar) – bu ekinlarning tuproq tarkibini yaxshilash uchun o’stiriladigan maxsus o’simliklar bo’lib, ular tuproqni oziq moddalar bilan boyitish va uning tuzilmasini yaxshilashga yordam beradi. Ular ko’pincha an’anaviy mineral o’g’itlarga tabiiy muqobil sifatida ishlatiladi. Yashil o’g’itlarning asosiy vazifalari Siderat o’simliklar, ayniqsa dukkaklilar, atmosferadagi azotni yutib, uni tuproqqa chiqaradi. Bu kelgusi ekinlar uchun tabiiy azot

Прокрутить вверх