Biochar texnologiyasini joriy qilish masalasi muhokama qilindi

Joriy yilning 13-yanvar kuni global karbon kredit bozori vakili — “BIZPANDO” kompaniyasi mutaxassisi Jasper Bhaumik Respublika agroxizmatlar markaziga tashrif buyurdi.

 Tashrif doirasida Biochar texnologiyasini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi bosqichdagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 Uchrashuv davomida “Biochar” texnologiyasining ilmiy asoslari, uni samarali qo‘llash usullari hamda agroekotizim barqarorligidagi o‘rniga oid batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. 

 Jumladan, “Biochar” orqali carbon market (karbon bozori) tizimiga kirish jarayoni, “Bizpando” platformasidan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarni oshirish, ro‘yxatdan o‘tish tartibi va mahsulotga oid ma’lumotlarni elektron tizimga kiritish bo‘yicha fikr almashildi.

 Uchrashuv yakunida, hududiy Agroxizmatlar markazlarining biochar ishlab chiqarish ishlarini platformaga kiritishga mas’ul mutaxassislar uchun seminar-trening tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Прокрутить вверх