Kuni kecha Xorazm viloyatida kartoshkachilik sohasini yanada rivojlantirish, hosildorlikni oshirish va zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etishga bagʼishlangan muhim seminar tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilar kartoshka yetishtirishning ilgʼor va samarali usullari, yuqori hosilli va mahalliy iqlimga mos navlarni tanlash, zamonaviy va tejamkor sugʼorish texnologiyalari, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi samarali kurash choralari boʼyicha amaliy va nazariy tavsiyalarga ega boʼlishdi.
Shuningdek, Xorazm viloyati Agroxizmatlar markazi direktori O. Qutliev tomonidan zamonaviy agrotexnologiyalarning afzalliklari, resurslarni tejash, tannarxni kamaytirish hamda yuqori va sifatli hosil olishdagi ahamiyati haqida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.
Bunday amaliy seminarlar fermer va dehqon xoʼjaliklarida bilim va tajribani oshirish, soha rivojiga yangi surʼat bagʼishlashga xizmat qiladi.








