Agroxizmatlar sohasida dolzarb masalalar muhokama qilindi

Respublika agroxizmatlar markazi direktori Akmal Tulanov rahbarligida zoom platformasi orqali agroxizmatlar sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda hududiy Agroxizmatlar markazlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tanqidiy ruhda ko’rib chiqildi va yo’l qo’yilgan kamchiliklar bartaraf etish choralari muhokama qilindi.

Shuningdek, qishloq xo’jaligida innovatsion 100 ta tashabbusni joylarda amaliyotga tadbiq etish, Biochar tayyorlashda laboratoriya tahlillari jarayonlarini sifatli tashkil etish, hududlarda ilmga asoslangan agromaslahatlar ko’lamini kengaytirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, hududlar ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda natijaga asoslangan faoliyatni tashkil etish kabi masalalar bo’yicha hududiy bo’limlarning takliflari muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Прокрутить вверх