Zamonaviy agrotexnologiyalar — yuqori samaradorlik garovi

Andijon viloyati Izboskan tumanidagi “Andgold paxta to‘qimachilik klasteri”ning 20 gektar paxta maydonida etefon preparatining samaradorligi amaliy kuzatuvlar asosida baholandi. Defoliatsiya ishlari 1-avgust kuni 1,5 litr etefon, 13-avgust kuni esa 1 litr etefon va 100 gramm “Avguron Ekstra” preparati yordamida amalga oshirildi.

Qishloq xo‘jaligida zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va hosildorlikni oshirish bo‘yicha berilayotgan tavsiya hamda ko‘rsatmalar bugungi kunda o‘zining amaliy samarasi va ijobiy natijalarini ko‘rsatmoqda.

Прокрутить вверх