O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik shonli sanasi keng nishonlanmoqda. Ushbu qutlug‘ ayyom munosabati bilan mehr-oqibat, saxovat va inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ezgu tashabbuslar izchil davom etmoqda.
Samarqand viloyati Agroxizmatlar markazi jamoasi tomonidan Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan kam ta’minlangan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadonlariga borilib, ularning holidan xabar olindi.
Xonadonlarga tashrif davomida samimiy suhbatlar o‘tkazilib, bayram munosabati bilan ezgu tilaklar bildirildi. Zero, inson qalbiga quvonch ulashish, mehr va e’tibor ko‘rsatish — xalqimizga xos yuksak fazilatlardan biridir.









