Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi “Omad Oqoltin” fermer xoʻjaligida 31 gektar maydonda paxtaning Xitoy hamda S-01 navlari parvarishlanmoqda.
Ekin maydonida AKIS mutaxassislari koʻrigi va tavsiyasi bilan temir moddasi hamda borniy kislota orqali oziqlantirish ishlari oʻz vaqtida amalga oshirildi. Oqibatda, paxta rivoji oʻtgan yillardagiga nisbatan sezilarli darajada yaxshilanib, kutilgan hosildorlikka zamin yaratildi.
Fermer xoʻjaligi rahbari mutaxassislarning amaliy maslahatlari va ilmiy yondashuvi yuqori samaradorlik berayotganini ta’kidlab, kelgusida ham hamkorlikni izchil davom ettirish rejalashtirilganini bildirdi.

