Seminarlarda viloyat hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, viloyat Agroxizmatlar markazi rahbariyati, tuman hokimliklari, qishloq xo‘jaligi tizimi tashkilotlari mutaxassislari, agroxizmatlar markazi xodimlari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbirlar davomida g‘o‘zada joriy zarbdor bir oylik doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim agrotexnik tadbirlar, sug‘orish ishlarini samarali tashkil etish, takroriy kartoshka va eksportbop ekinlarni ekish, shuningdek, zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Mutaxassislar tomonidan Jivamrit bioo‘g‘itini tayyorlash va uni g‘o‘za maydonlarida qo‘llash, droj (xamirturush) eritmasidan samarali foydalanish, shuningdek, tarkibida bor, temir, mis va kalsiy mavjud biostimulyatorlarni me’yor asosida qo‘llash bo‘yicha amaliy ko‘rgazmalar namoyish etildi. Bundan tashqari, sajean sepish texnologiyasini to‘g‘ri qo‘llash, kartoshka urug‘larini undirib ekish hamda vertikal usulda kartoshka yetishtirishning afzalliklari yuzasidan ham ishtirokchilarga tushuntirishlar berildi.
Seminarlar yakunida fermer xo‘jaliklari rahbarlariga g‘o‘za agrotexnikasi bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar va tavsiyanomalar tarqatildi. Shuningdek, dala maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar, jumladan, plyonka ostiga ekilgan takroriy paxta maydonlari ko‘zdan kechirilib, amaliy tavsiyalar berildi.









