Surxondaryo viloyati, Termiz tumani, Namuna hududida joylashgan SPI va KITI Surxondaryo ITSda “Janubiy iqlim sharoitida stress omillariga chidamli sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining yangi nav va duragaylarini yaratish istiqbollari, muammolari va yechimlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminar davomida sohaga oid dolzarb masalalar muhokama qilinib, janubiy hududlarning iqlim sharoitlariga mos, yuqori hosildor hamda stress omillariga chidamli nav va duragaylarni yaratish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ilgari surildi.
Tadbir yakunida yaratilgan istiqbolli urug‘liklarni qishloq xo‘jaligi subyektlariga yetkazish, ularni amaliyotga keng joriy etish hamda tijoratlashtirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishildi.
Bu esa agrar sohada innovatsion yondashuvlarni kengaytirish, fermer va dehqonlarning samaradorligini oshirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.





