Respublika agroxizmatlar faoliyati bilan tanishish maqsadida O‘zbekistonda bolib turgan FAO Investitsiya markazi eksperti Saso Martinov Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida xalqaro ekspert viloyatda amalga oshirilayotgan agroxizmatlar faoliyati, fermer xo‘jaliklariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ekin maydonlaridagi amaliy jarayonlar hamda tajriba uchastkalarida olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, uchrashuv va o‘rganishlar davomida agroxizmatlar tizimini yanada takomillashtirish, sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda xalqaro tajribalarni keng qo‘llash masalalari muhokama qilindi.
Mazkur hamkorlik agrar sohada xizmatlar samaradorligini oshirish, fermer va dehqonlarga zamonaviy agroxizmatlarni yetkazish hamda tizim faoliyatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.







