Qizil nur yordamida nishlatilgan kartoshkada amaliy natijalar kuzatilmoqda

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani Bekobod MFY hududida urug‘lik kartoshka tuganaklarini qizil nur yordamida nishlatish texnologiyasi amaliyotga joriy etilgan edi.
Bugungi kunda ushbu usulda ekilgan “Paradiso” navli kartoshka maydonlarida nihollarning bir tekis unib chiqishi, jadal rivojlanishi hamda o‘simliklarning sog‘lom shakllanayotgani kuzatilmoqda.

O‘rganishlar davomida qizil nur yordamida nishlatilgan urug‘lik kartoshkalarning an’anaviy usulda tayyorlangan ekinlarga nisbatan o‘sish ko‘rsatkichlari yuqori ekani qayd etildi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur texnologiya urug‘lik sifatini yaxshilash, o‘simliklarning erta rivojlanishini ta’minlash hamda yuqori hosildorlikka erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Прокрутить вверх