Yurtimizda qishloq xo’jaligini rivojlantirish, xalqaro loihalarni jalb qilish va ularni amaliyotga keng joriy etish bo’yicha bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Jahon banki tomonidan Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) ning investitsiya markazi, Yaqin sharq, Shimoliy Afrika, Yevropa va Markaziy Osiyo bo’yicha qishloq xo’jaligi mutaxassisi Saso Martinovni Respublika agroxizmatlar markazi (AKIS) faoliyatini chuqur o’rganish, mavjud muammuolarni bartaraf etish va amalga oshirilayotgan qator loyihalarni tizimli olib borilishini nazorat qilish hamda bu boradagi o’z taklif va tavsiyalarini berish uchun xalqaro ekspert sifatida jalb qilingan.
Shu bois, bugun xalqaro ekspert Respublika agroxizmatlari markazi direktori Akmal Tulanov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida agroxizmatlar faoliyatini tizimli tashkil etish, rivojlantirish hamda sohaga xalqaro tajribalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur hamkorlik agroxizmatlar tizimini xalqaro tajriba asosida takomillashtirish, fermer va agrar soha vakillariga zamonaviy xizmatlarni yanada samarali yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.




