Surxondaryo viloyati Denov tumanida joylashgan Xazarbog‘ ilmiy tajriba stansiyasida g‘o‘za parvarishi bo‘yicha navbatdagi amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida rangli plyonkalar ostida yetishtirilayotgan g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanish jarayonlari, nihol poyasining yer yuzasiga chiqish holati hamda fenologik kuzatuvlarni olib borish bo‘yicha ilmiy-amaliy tushuntirishlar berildi.
Kuzatuvlar natijasida ko‘k plyonka ostida yetishtirilayotgan g‘o‘za nihollarida o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlari yuqori ekanligi qayd etildi.
Shuningdek, seminar jarayonida biochar bioo‘g‘iti amaliy tarzda tuproqqa qo‘llanilib, uning tuproq unumdorligini oshirish, namlikni saqlash hamda g‘o‘za rivojlanishiga ta’siri bo‘yicha amaliy jarayonlar namoyish etildi.




