Toshkent viloyati agroxizmatlar markazining tuman bosh mutaxassislari uchun Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida maxsus o‘quv-seminari tashkil etildi.
Mazkur seminarda mutaxassislar quyidagi yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini oshirdilar:
Sabzavot va poliz ekinlarining yangi, serhosil navlari;
Zamonaviy yetishtirish texnologiyalari va innovatsion usullar;
Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishning samarali yo‘llari.
Ushbu malaka oshirish tadbirlari kelgusida joylarda fermer va dehqonlarga yanada sifatli agroxizmatlar ko‘rsatish, viloyatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.







