


Toshkent viloyati Zangiota tumani A. Ikromov hududidagi “Fozilboy” dehqon xo‘jaligida malina yetishtirilmoqda. Ayni paytda yetilgan hosil yig‘ib olinib, ichki bozorga yo‘naltirilmoqda.
Toshkent viloyati agroxizmatlar markazining Zangiota tumani bosh mutaxassisi B. Alimqulov xo‘jalikdagi malina maydonida bo‘lib, ekinlarning holati va hosil yig‘imi jarayoni bilan tanishdi.
Tashrif davomida xo‘jalik vakillariga malina parvarishi hamda navbatdagi agrotexnik tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

