ANDIJON TUMANIDA BIOKÖMIR TAYYORLAŞ UÇUN ĞÖZAPOYA JAMĞARIŞ IŞLARI DAVOM ETMOQDA

Andijon viloyati Andijon tumanidagi «Vodiy klaster» MÇJ tomonidan paxta hosili yiğib olingan dala maydonlarida ğözapoyalarni jamğariş işlari tizimli ravişda olib borilmoqda.

Jarayonda ğözapoyalar boğlamlarga keltirilib, maxsus texnikalar yordamida dala boşiga yiğilmoqda. Şuningdek, jamğarilgan xomaşyoni quritiş va keyingi bosqiçda qayta işlaşga tayyorlaş çoralari körilmoqda.

Mazkur işlar doirasida yiğib olinayotgan ğözapoyalardan keyinçalik biokömir (bioçar) işlab çiqarişda foydalaniş rejalaştirilgan.

Bu esa qişloq xöjaligi çiqindilarini qimmatli resursga aylantiriş, qayta işlaş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda agrar sohada resurslardan samarali foydalanişga xizmat qiladi.

Прокрутить вверх