Surxondaryoda paxta maydonlarida defolyatsiya natijalari o‘rganildi

Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanidagi fermer xo‘jaligida g‘o‘za maydonlarida olib borilgan defolyatsiya ishlari natijalari tahlil qilindi.

Mutaxassislar tomonidan 7 gektar maydon ko‘zdan kechirilib, bir gektarda o‘rtacha 204–205 ming tup g‘o‘za mavjudligi hamda har bir tupda 12–13 tadan to‘liq shakllangan ko‘sak borligi aniqlandi.

Maydonda 1–2-avgust kunlari gektariga 2 kilogramm me’yorida etifon preparati bilan ishlov berilgan. Oradan 11 kun o‘tib, g‘o‘zaning 70–75 foizi to‘liq ochilgani, ko‘saklarning pishib yetilgani va quyosh nuri o‘simlikning quyi qismigacha yetib borayotgani kuzatildi.

Shuningdek, fermer xo‘jaligiga uch bosqichli defolyatsiya hamda keyingi dessikatsiya tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Прокрутить вверх