Namangan viloyati Pop tumanidagi Gurumsaroy MMTП hududida joylashgan “Abdurahmon Ota” fermer xo‘jaligida 2026-yil hosili uchun ekilgan paxta dalalarida fenologik kuzatuvlar davom etmoqda.
Xorijdan keltirilgan 64-navli urug‘lik chigit 76×10 sm sxemada plyonka ostiga ekilgan. Dala kuzatuvlari davomida paxtaning rivojlanishi va pishish holati muntazam o‘rganilmoqda.
1-avgust kuni paxtaning pishishini jadallashtirish maqsadida etefon preparati, 10-avgust kuni esa defoliatsiya jarayonini ta’minlash uchun “Avguron” defolianti qo‘llanildi.
Kuzatuvlar natijasiga ko‘ra, hozirda har bir o‘simlikda 9–10 tagacha ko‘sak to‘liq ochilgani qayd etilmoqda. Keyingi bosqichda XMD preparatini qo‘llash rejalashtirilgan.
Dalada olib borilayotgan bunday kuzatuvlar paxtaning pishish jarayonini nazorat qilish va hosilni o‘z vaqtida yig‘ib-terib olish uchun muhim ahamiyatga ega.




