SAMARQANDDA BIOCHAR TAYYORLASH VA MA’LUMOTLARNI PLATFORMA GA JOYLASHTIRISH BO‘YICHA SEMINAR TASHKIL ETILDI

Samarqand viloyatida Respublika agroxizmatlar markazi hamda BIZPANDO tashkiloti vakillari boshchiligida biochar tayyorlash va ushbu jarayonga oid ma’lumotlarni platformaga joylashtirish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda soha mutaxassislari, qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari hamda fermer xo‘jaliklari mas’ullari ishtirok etdi.

Tadbir davomida biochar tayyorlash texnologiyasi, uni amaliyotga joriy etish jarayonlari hamda tayyorlash bosqichlariga oid ma’lumotlarni platformaga kiritish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilariga biochar tayyorlash jarayoni namunaviy tarzda amalda ko‘rsatib berildi. Bu orqali ishtirokchilar texnologiyaning asosiy bosqichlari bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur seminar qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish, biochar tayyorlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda soha vakillarining bilim va tajribasini oshirishga xizmat qiladi.

Прокрутить вверх