O‘simlik qoldiqlarini qayta ishlash va ulardan samarali foydalanish maqsadida Toshkent viloyatida amaliy ishlar davom etmoqda.

Jumladan, Chinoz tumani S. Rahimov hududidagi “Odinaboy Sanginovich” fermer xo‘jaligida biochar — bioko‘mir tayyorlash uchun g‘o‘zapoya jamg‘arish ishlari tashkil etildi.

Jarayon davomida dala maydonidagi g‘o‘zapoyalar yig‘ilib, keyinchalik biochar tayyorlashda foydalanish uchun xomashyo zaxirasi shakllantirilmoqda.

Ushbu ishlarning asosiy maqsadlari:
G‘o‘zapoyadan samarali foydalanish;
Biochar tayyorlash uchun xomashyo jamg‘arish;
O‘simlik qoldiqlarini qayta ishlashga tayyorgarlik ko‘rish.

Прокрутить вверх