Paxtachi tumanida g‘o‘za agrotexnikasi bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.

Paxtachi tumani “Yuksak yengilmas” fermer xo‘jaligida g‘o‘za agrotexnikasi bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari B.Jabborov, Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari, Viloyat AKIS rahbari A.Narbayev, soha mutaxassislari, tuman mas’ullari hamda fermerlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida g‘o‘za parvarishida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, sug‘orish, oziqlantirish, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, hosildorlikni oshirish hamda g‘o‘za maydonlarida agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish yuzasidan zarur topshiriq va tavsiyalar bildirildi.

Прокрутить вверх