
Respublika Agroxizmatlar markazi direktori A.Tulanov boshchiligida Toshkent viloyati mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
qishloq xo‘jaligida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish;
Agroxizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish;
Ijro intizomi va tashkiliy masalalarni kuchaytirish.
Yig‘ilishda mutaxassislar o‘z hududlarida bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar taqdim etdi. Shuningdek, fermerlarga zamonaviy agrotexnologiyalarni yetkazib berish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va fikrlar bildirildi.
Asosiy maqsad — AKIS tizimi orqali ilm-fan va innovatsiyalarni joylardagi dehqon va fermerlarga samarali yetkazish va ularni real natijaga yo‘naltirishdan iborat.



