Fermer xo‘jaliklarida takroriy ekinlar va agrotexnik tadbirlar bo‘yicha Respublika o‘quv seminari o‘tkazildi

30-iyun sanasida Respublika Agroxizmatlar markazi tashabbusi bilan hududiy agroxizmatlar mutaxassislari ishtirokida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar kun tartibidan o‘rin olgan mavzular asosan 2025-yilgi mavsumga tayyorgarlik, g‘alladan bo‘shagan maydonlardan samarali foydalanish, paxta agrotexnikasi va takroriy ekinlar agrotexnologiyasiga bag‘ishlandi.

Tadbir doirasida bir qator ilmiy muassasa vakillari tomonidan amaliy va nazariy yondashuvlar asosida ma’ruzalar qilindi. Hususan, “Takroriy muddatda dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish va yuqori hosil olish” , “Takroriy muddatda sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirish” va “Kechki muddatda kartoshka yetishtirish” mavzusilaridagi ma’ruzalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, ushbu ma’ruzalardan so‘ng “BIOVAK Y24” organik biostimulyatoriga bag‘ishlangan maxsus taqdimot ham bo‘lib o‘tdi. Taqdimot davomida ushbu biopreparatning tuproq unumdorligini oshirish, o‘simliklarning ildiz tizimini faollashtirish, stressga chidamliligini kuchaytirish va hosildorlikka ijobiy ta’siri bo‘yicha ilmiy asoslangan dalillar keltirildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zaro fikr va tajriba almashib, har bir viloyat va tumanning agroiqlimiy sharoitiga mos yondashuvlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha takliflarini bildirdilar.

Прокрутить вверх