Shinjon texnologiyasi asosida rangli plyonka ostiga ekilgan g‘o‘za maydoni o‘rganildi.
Namangan viloyati Uychi tumanidagi “Umurzoqov Jaxongir” fermer xo‘jaligining 15 gektarli maydonida Shinjon texnologiyasi asosida rangli plyonka ostiga ekilgan g‘o‘za maydoni o‘rganildi. Kuzatuvlar davomida tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilgan maydonda ko‘k rangli plyonka ostiga ekilgan g‘o‘za nihollari oq plyonka ostiga ekilgan nihollarga nisbatan tezroq rivojlanayotgani va yaxshi natija ko‘rsatayotgani aniqlandi.







