“TOSHKENT ERTAGISI” — ULTRA-ERTAPISHAR KARTOSHKA NAVI
“Toshkent ertagisi”— Sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan yaratilgan mahalliy kartoshka navi. Navning asosiy xususiyatlari:O‘suv davri — 65–70 kun; Hosildorligi — 27–28 t/ga gacha;Tuganaklari sarg‘ish rangda, uzunchoq-oval va biroz yumaloq shaklda;Ko‘zlari kam, mayda va yuzaki joylashgan;Bir dona tuganakning o‘rtacha vazni — 100–115 gramm;Tovarbopligi va bozorbopligi yuqori. Yetishtirish:Nav ertagi muddatda 15-fevraldan 15–20-martgacha, kechki muddatda […]









