Bekobodda paxta defolyatsiyasi mavzusiga bag’ishlangan seminar oʻtkazildi.
Ekinlarni himoya qilishning ilgor usullari; Amaliy tajribalar va muammolarga ijobiy yondashuvlar; Kelajakdagi rivojlantirish yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Ilm va amaliyot uyg‘unlashgan maydon – agrar taraqqiyot manbai
Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Boyovut tumanidagi Agroxizmatlar ko‘rsatish markazi (AKIS) Sirdaryo filiali faoliyati bilan tanishdi. Markaz atrofidagi ko‘rgazmali maydonlarda bug‘doy, arpa, sabzavot ekinlari, yuqori hosildor mevali daraxt ko‘chatlari hamda makkajo‘xori, soya va istiqbolli gibrid navlar parvarish qilinmoqda. Shuningdek, 26 gektarda Xitoyning “Shinjon” tajribasi asosida xorijiy g‘o‘za navlari va mahalliy intensiv
Quyon boqish foydalimi?
10 bosh quyon bilan yiliga 20 million so‘mdan ortiq sof foyda olish mumkin! Ozuqani o‘zingiz yetishtirsangiz, daromad yanada oshadi. To‘g‘ri zot tanlang, yaxshi parvarish qiling va ko‘paytirish strategiyasini yo‘lga qo‘ying — natija sizni hayratda qoldiradi!
Xorazm viloyatida“Xin Lu Zao 78”navi parvarish qilinmoqda
Biz Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanidagi “Axmadjon Allayarov xususiy urug‘chilik” fermer xo‘jaligida bo‘lib, uning faoliyati bilan tanishdik. Xo’jalik rahbari Sarvar Allayarov hududiy agromaslahatchilarimiz bilan birgalikda urug‘lik dala maydonida “Xin Lu Zao 78” navini parvarish qilmoqda.
Qo‘shko‘pirda do‘l zarbidan so‘ng hosil tiklandi!
10-iyun kuni Qo‘shko‘pir tumanidagi “Abdulla ota” fermer xo‘jaligi paxta dalasini kuchli do‘l urdi. Hosilga katta xavf tug‘ildi. Shundan so’ng Xorazm viloyati Agroxizmatlar markazi mutaxassislari va Paxtachilik kengashi vakillari dalaga chiqib, zarur tavsiya va amaliy yordam ko‘rsatdi. Bugunga kelib paxta qatorlari yana yashnab turibdi. Bunga qanday erishildi? Video lavhada Xorazm viloyati Agroxizmatlar markazi direktori Olimboy Qutliyev
Xiva tumanida agroxizmatlar markazi bilan hamkorlik o‘z samarasini bermoqda
Xorazm viloyati Agroxizmatlar markazi Xiva tumani mutaxassisi O.Raximov joriy yil “Khorezm Organic Melon” fermer xo‘jaligi bilan hamkorlikda ishladi. Natijada hosildorlik oshishiga erishildi. Ayni damda davom etayotgan Qovun saylida mazkur xo‘jalik o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. Hosildorlikni oshirishda qo‘llangan usullar haqida batafsil video lavha orqali bilib olishingiz mumkin.
“Rokosan” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi
Bugun Respublika Agroxizmatlar markazi direktori A.Tulanov Slovakiya Respublikasining “Rokosan” kompaniyasi vakili Jaroslav Kocak bilan uchrashuv o‘tkazdi.Muloqot chog‘ida qishloq xo‘jaligida bioorganik o‘g‘itlarni keng joriy etish, mavjud tajribalar asosida ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish hamda kelgusida qo‘shma loyihalar ustida ishlash masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishda hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, ilmiy va texnologik imkoniyatlarni o‘rganish hamda istiqbolli loyihalar
Qizil loviya va Kartoshka
Bo‘ka tumanidagi «Odil hosiyat» fermer xo‘jaligida g‘alladan keyingi bo‘shagan maydonlarda qizil loviya va kartoshka ekildi. Bu nafaqat hosildorlikni, balki daromadni ham oshirayotgan samarali tajriba. Videolavhada fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi A’zamjon Dushaboyev o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.






