





Qoraqalpoğiston Respublikasi Beruniy tumani «Şimam» OFY hududida joylaşgan «Azat Xankali» fermer xöjaligida Agroxizmatlar markazi mutaxassislari tomonidan dala şaroitida biogumus tayyorlaş böyiça amaliy seminar taşkil etildi.
Seminar tuman agromaslahatçisi A. Kazakbayev boşçiligida ötkazilib, unda fermer xöjaliklari vakillariga ösimlik qoldiqlari va mahalliy organik xomaşyolardan samarali foydalaniş orqali tabiiy organik öğit tayyorlaş texnologiyasi amaliy namoyiş etildi.
Tadbir davomida dala maydonlarida töplanadigan ösimlik qoldiqlarini çiqindi sifatida yöqotiş örniga, ularni qayta işlaş va foydali organik öğitga aylantiriş imkoniyatlari batafsil tuşuntirildi. Şuningdek, organik xomaşyoni tayyorlaş, qayta işlaş jarayonlarini töğri taşkil etiş, biogumus olişda eʼtibor qaratilişi lozim bölgan agrotexnik talablar hamda undan qişloq xöjaligi ekinlarini yetiştirişda foydalanişning ahamiyati haqida maʼlumot berildi.
Amaliy maşğulot davomida biogumus tayyorlaş jarayonining asosiy bosqiçlari bevosita dala şaroitida körsatib berildi. Iştirokçilarga mahalliy resurslardan oqilona foydalaniş, organik qoldiqlarni qayta işlaş orqali xöjalik uçun qöşimça foydali resurs yaratiş hamda tuproq unumdorligini saqlaş va yaxşilaşga qaratilgan tavsiyalar berildi. Fermer xöjaliklari rahbarlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob qaytarildi.

