FARĞONADA SARIMSOQPIYOZ YETIŞTIRIŞNING VERTIKAL USULI XONADONLARDA TAJRIBA-SINOVDAN ÖTKAZILMOQDA

Farğona viloyati Özbekiston tumani Qayquobod MFY, Tinçlik köçasi 26-uyda istiqomat qiluvçi fuqaro Erkaboyev Xusanjon xonadonida sarimsoqpiyoz yetiştirişning vertikal usulini tajriba tariqasida qöllaş işlari olib borilmoqda.

Mazkur tajriba doirasida anʼanaviy ekiş usullaridan farqli ravişda, sarimsoqpiyoz maxsus tayyorlangan qoplarga vertikal holatda ekilmoqda. Uşbu yondaşuvdan közlangan asosiy maqsad — mavjud tomorqa va xonadon hududidan unumli foydalaniş, çeklangan maydonda qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda muqobil ekiş texnologiyalarining samaradorligini amaliyotda örganişdan iborat.

Jarayon davomida xonadon egasiga sarimsoqpiyoz ekişning öziga xos jihatlari, ekiş materiallarini töğri joylaştiriş, ösimlikning rivojlaniş davrida namlik va oziqlaniş talablarini taʼminlaş, suğoriş tartibi hamda keyingi parvarişlaş agrotexnikasi böyiça batafsil tuşuntiriş va amaliy tavsiyalar berildi.

Şuningdek, tajriba natijalarini muntazam kuzatib boriş, ösimliklarning ösiş va rivojlaniş holatini baholaş hamda hosildorlik körsatkiçlarini aniqlaş orqali uşbu usulning xonadon şaroitida qöllaş imkoniyatlarini örganiş nazarda tutilgan.

Прокрутить вверх