Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi “Oqbuloq” xo‘jaligiga qarashli Jizzax ilmiy-tajriba stansiyasining 5 gektar maydonida paxtachilik yo‘nalishida agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda.
Tajriba maydonida 5–6 avgust kunlari Etefon preparati bilan ishlov berish tadbirlari amalga oshirildi. Shuningdek, paxta 5 xil rangli plyonka ostida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi asosida parvarish qilinmoqda.
15-aprel kuni ekilgan paxtaning 75–80 foizi ochilgan bo‘lib, 22-avgust kuni maydonda Avguron Extra defolianti bilan defoliatsiya ishlari boshlandi.

