Mavsum ekini: piyoz yetishtirishtirish sirlari

Mavsumiy piyoz yetishtirishda mahalliy (Ravnaq, Baxoroy) va chet el (Banko F1) navlari ishlatiladi.

Ekish muddatlari mintaqaga qarab avgust-sentabr (yozgi-kuzgi) yoki noyabr-dekabr (to‘qsonbosti) davrlariga to‘g‘ri keladi.

Har 1 sotix maydonga bahorda 1,0–1,2 kg, yoz-kuz va qishda esa 1,4–1,6 kg urug‘ sepiladi.

Parvarishlash jarayonida jo‘yak qoldirish, begona o‘tlarni yo‘qotish va tuproqni yumshatish talab etiladi.

O‘g‘itlashda tuproq turlariga qarab azot (2,5–3,2 kg), fosfor (2,0–2,2 kg) va kaliy (0,8–1,0 kg) normalariga rioya qilinadi.

Sug‘orish vegetatsiya davrida 7–10 kunda bir marta amalga oshiriladi.

Piyoz pashshasi, soxta un shudring va ildiz chirishiga qarshi maxsus kimyoviy preparatlar bilan ishlov beriladi.

Hosil piyoz poyalari yotgan paytda yig‘ishtiriladi.

Прокрутить вверх