MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI OLDIDAN OBODLIK HASHARI

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Respublika agroxizmatlar markazi jamoasi tomonidan hududda obodonlashtirish va tozalik ishlari olib borildi.

Hashar davomida markaz hududi tozalanib, daraxtlar parvarish qilindi, yashil maydonlar tartibga keltirildi hamda hududning obod va ko‘rkam ko‘rinishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu ezgu tashabbus jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash, atrof-muhitni asrash va yurtimiz obodligiga munosib hissa qo‘shishga xizmat qiladi.

Прокрутить вверх