AKIS mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan amaliy tajribada g‘o‘zaning pishib yetilishini tezlashtirishda “Etifon” preparatining ta’siri o‘rganildi.
Dala sharoitida raqamli refraktometr yordamida o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, preparat sepilmagan nazorat variantida barg shirasining konsentratsiyasi 17.2% bo‘lgan bo‘lsa, 2.0 litr me’yorda “Etifon” qo‘llanilgan maydonda bu ko‘rsatkich 14.4% ni tashkil etdi (farq — 3.2%).
Bargdagi moddalar konsentratsiyasining pasayishi ozuqa elementlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘saklarga qayta taqsimlanishiga, natijada paxtaning bir tekis va erta yetilib ochilishiga xizmat qiladi.
https://youtube.com/shorts/qiSb8M_IvpY?feature=share

