Fermer xo‘jaligining 50 gektar yer maydoniga 21-mart kuni Xitoy seleksiyasiga mansub “Xin Lu Zao 87” g‘o‘zasi plyonka ostiga ekilgan.

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidagi «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari Sharofiddin Ismonov joriy qishloq xo‘jaligi yilida o‘z dalalarida innovatsion va ilmiy yondashuvlarni muvaffaqiyatli qo‘llamoqda.

Fermer xo‘jaligining 50 gektar yer maydoniga 21-mart kuni Xitoy seleksiyasiga mansub “Xin Lu Zao 87” g‘o‘zasi plyonka ostiga ekilgan.

Maydonlar to‘liq mashina terimiga mos holda yetilgan. Ilmiy tavsiyalarga amal qilingani hisobiga gektariga 70–100 sentnergacha hosil olish maqsad qilingan.

“Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz. O‘zbekistonimizda paxtachilikni yangi bosqichga olib chiqish o‘z qo‘limizda!”

— Sharofiddin Ismonov, “Xumo” fermer xo‘jaligi rahbari.

Прокрутить вверх