1 gramm qo‘shimcha vazn — millionlab so‘m qo‘shimcha daromad!

Paxta yetishtirishda to‘g‘ri va o‘z vaqtida o‘tkazilgan agrotexnik tadbirlar hosildorlik hamda iqtisodiy samaradorlikni bir necha barobar oshirishga xizmat qiladi.

Ayni pishish va defoliatsiya arafasida o‘simlikni qo‘shimcha oziqlantirish (xususan, maxsus aralashmalar va xamirturush/droji berish) barglardagi ozuqa moddalarining to‘liq ko‘sakka o‘tishini ta’minlaydi hamda defoliatsiya samaradorligini oshiradi.

1 gektar maydon uchun o‘rtacha 320 000 – 330 000 so‘m. Ko‘sak vaznining atigi 1 grammga oshishi gektariga qo‘shimcha 20 sentner hosil va 16 million so‘m sof daromad keltiradi. Vazn 2 grammga oshganda esa bu ko‘rsatkich 40 sentner hamda 32 million so‘m qo‘shimcha daromadga yetadi.

Прокрутить вверх