Kattaqo‘rg‘on tuman Agroxizmatlar markazi bosh mutaxassisi Q. Hamdamovning “Kattaqo‘rg‘on: kecha va bugun” gazetasida paxtachilikda zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash hamda yuqori hosildorlikka erishish yo‘llari yoritilgan «Paxtachilikda yuqori hosildorlik va yangi texnologiyalar sari» mavzusidagi maqolasi e’lon qilindi.
Mazkur maqolada paxta yetishtirishda Shinjon usuli, tomchilatib sug‘orish texnologiyasi hamda agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish orqali hosildorlikni oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bayon etilgan.


