Qizil spektrli nurlar hosildorlikni oshirmoqda

Samarqand viloyati Tayloq tumanida “Qishloq xo‘jaligida innovatsion 100 tashabbus” doirasida qizil spektrli nurlar yordamida ishlov berilgan urug‘lik kartoshka maydonlarida hosil yig‘im-terimi davom etmoqda.

Dastlabki natijalar ushbu innovatsion texnologiyaning yuqori samaradorligini tasdiqlamoqda. Qizil spektrli nurlar bilan ishlov berilgan urug‘likdan yetishtirilgan kartoshka maydonlarida hosildorlik 600 sentnergacha yetib, an’anaviy usulda ekilgan maydonlarga nisbatan sezilarli darajada yuqori natijalar qayd etildi.

Bu tajriba zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish orqali qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini oshirish imkoniyatlarini yana bir bor namoyon etmoqda.

Прокрутить вверх