O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan bunyod etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi xalqimizning boy ilmiy-ma’rifiy merosi va buyuk ajdodlarimizning jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasini targ‘ib etuvchi muhim maskandir.Respublika Agroxizmatlar markazi xodimlari ishdan bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda tarixiy va ma’naviy merosimiz bilan yaqindan tanishish maqsadida mazkur markazga tashrif buyurdilar.Tashrif davomida ular markazning zamonaviy me’moriy yechimi, noyob eksponatlari va ajdodlarimizning ilm-fan, madaniyat hamda ma’rifat rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini yorituvchi ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur ma’rifiy tashrif xodimlarning tarixiy xotira va milliy qadriyatlarga hurmatini yanada mustahkamlash, ajdodlarimizning boy ilmiy merosidan ilhom olish hamda yurt ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

