Norin tumanida paxtachilik bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi

“Dolzarb 30 kunlik” tadbirlari doirasida Norin tumanidagi “Uch uyli yorug‘usi” fermer xo‘jaligi paxta maydonida paxtachilikka bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda Respublika Milliy markazi mutaxassislari, viloyat va tuman qishloq xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari, Paxtachilik kengashi vakillari, AKIS mutaxassislari hamda fermerlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida:
G‘o‘za parvarishida yuqori hosildorlikka erishish;
Agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish;
Zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish;
Mavsumning dolzarb masalalari yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Seminar yakunida fermerlarga mavsum davomida agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish va yuqori hosildorlikni ta’minlash bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Прокрутить вверх