Etefon – yuqori hosil garovi

Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov paxtachilik bilan shug‘ullanayotgan fermer va dehqonlarga muhim tavsiya berdi.Vazir ta’kidlashicha, 1-avgust kuniEtefon qo‘llash paxtaning o‘z vaqtida pishishi va hosildorlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega.

“Paxta ichida katta bo‘lganman. Menga quloq soling. 1-avgust kuni albatta Etefon seping. Etefon — bu defoliatsiya emas, balki qarish gormoni. U o‘simlikka mavsum yakunlanayotganini bildiradi va barcha oziqa moddalarini ko‘sakka yo‘naltiradi.”

Tavsiyasiga ko‘ra:
1-avgustda Etefon qo‘llash;
12 kundan so‘ng defoliatsiya qilish;
Defoliatsiyani ikki bosqichda amalga oshirish;
Yakunda desikatsiya orqali paxtani terimga tayyorlash tavsiya etiladi.

Mazkur agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish paxtaning tezroq pishishiga, ko‘saklarning to‘liq rivojlanishiga hamda hosildorlikning sezilarli oshishiga xizmat qiladi.

Прокрутить вверх