Buxoro viloyatida g‘o‘za parvarishi bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi

Buxoro viloyati Romitan tumani Nurofshon hududidagi “Komfort Agro” fermer xo‘jaligida g‘o‘za maydonlarida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar yuzasidan amaliy seminar tashkil etildi.🚨Seminarda tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, qishloq xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari, Agroxizmatlar markazi mutaxassislari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida g‘o‘za parvarishida ilmiy asoslangan agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Jumladan:
o‘rgimchak kana zararkunandasiga qarshi ISO(oltingugurt–ohakli aralashma) ishchi eritmasini tayyorlash va OVX yordamida suspenziya holida qo‘llash;
Jivamrit organik o‘g‘itini tayyorlash hamda amaliyotga joriy etish;
g‘o‘zaning vegetativ o‘sishini boshqarish, bo‘g‘im oralig‘ini qisqartirish maqsadida Entojan preparatini qo‘llash;
sug‘orishni sharbat usulida tashkil etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi.

Прокрутить вверх