Joriy yilning 29-iyun kuni Andijon tumanidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Andijon ilmiy tajriba stansiyasida, viloyat Agroxizmatlar markazi rahbariyati, tuman bosh mutaxassislari, elita urug‘chilik xo‘jaliklari rahbarlari, fermerlar hamda aholi vakillari faol ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda soha mutaxassislari tomonidan sabzavotchilikni barqaror rivojlantirish, iqlim o‘zgarishlariga chidamli ekinlarni tanlash va yetishtirish, zamonaviy innovatsion agrotexnologiyalarni joriy etish hamda agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda va o‘z muddatida tashkil etish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar sabzavotchilik va urug‘chilik sohasida zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash hamda agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda tashkil etish bo‘yicha amaliy bilim va tajribalarini boyitdilar.






