Sirdaryo viloyati Agroxizmatlar markazi demomaydonida yirik urug‘li oshqovoq navlarini yetishtirish bo‘yicha amaliy tajribalar olib borilmoqda. Ekinlarning o‘sishi va rivojlanish jarayonlari mutaxassislar tomonidan muntazam kuzatilib, agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda.
Mazkur tajriba yirik urug‘li oshqovoq yetishtirishning samarali usullarini amaliyotga joriy etish hamda fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilmoqda.




