Kattaqo’rg’on tumani, Mirzo Ulug’bek hududi, Uchtepe fermer xo’jaligining dala maydonida amaliy o‘quv amaliy seminari tashkil etildi.
Seminarda Samarqand viloyati Agroxizmatlar markazi direktori A. Narbayev, viloyat Karantin boshqarmasi boshlig’i Sh.O’rozov va birinchi o’rinbosari A.Ismoilov, tuman hokimi o’rinbosari B.Sulaymonov, tuman Agroxizmatlar markazining bosh mutaxassisi Q.Hamdamov, Agranom N.Tursunov, paxta -g’allachilik yo’nalishidagi fermer xo’jaligi rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida g‘o‘za agrotexnikasida bugungi kundagi dolzarb masalalar, g‘o‘za o‘sishini boshqarishda “Sajan” preparatini qo‘llash me’yorlari, “Agrosera”hamda ”Biovak” preparatidan foydalanish, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, sug‘orish muddatlari hamda boshqa agrotexnik tadbirlar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.




