Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidagi “Umid” fermer xo‘jaligida innovatsion biostimulyator — “Jivamrit” bioo‘g‘iti qo‘llanilgan g‘alla maydonlarida yuqori hosildorlikka erishildi.
O‘tkazilgan kuzatuv va tahlillar natijasida bioo‘g‘it qo‘llanilgan maydonlarda g‘alla rivojlanishi, boshoq hosildorligi hamda umumiy hosil ko‘rsatkichlari sezilarli darajada oshgani aniqlandi.
Mazkur tajriba ilmiy yondashuv va innovatsion agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etish qishloq xo‘jaligida yuqori samaradorlikka erishishning muhim omili ekanligini yana bir bor tasdiqladi

