9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Respublika agroxizmatlar markazi hodimlari tomonidan hotira maydoniga tashrif buyurilib, Vatan ozodligi hamda tinchligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlar xotirasi yod etildi.
Tashrif davomida yodgorlik poyiga gulchambarlar qo‘yilib, motamsaro ona haykali hamda tarixiy xotira maskanlari ziyorat qilindi. Shuningdek, muzey va xotira burchaklaridagi tarixiy ma’lumotlar bilan tanishilib, ajdodlarimizning jasorati va fidoyiligi yana bir bor ehtirom bilan esga olindi.







