Broyler jo‘jalarini samarali parvarish qilishda qator muhim omillarga amal qilish zarur. Ular orasida harorat, yorug‘lik, havo almashinuvi, suv ta’minoti, to‘shama, oziqlantirish, profilaktika va zararsizlantirish kabi jihatlar muhim ahamiyatga ega.
Harorat rejimi jo‘jalarning sog‘lom o‘sishi uchun asosiy shartlardan biri bo‘lib, u haftalar davomida bosqichma-bosqich pasayishi kerak.
Masalan, jo‘jalarning ilk haftasida harorat 32°C bo‘lsa, har bir keyingi haftada u 2°C ga tushiriladi. Beshinchi haftaga kelib, harorat 24°C darajaga keltiriladi. Shuningdek, haroratning noto‘g‘ri tanlanishi jo‘jalarning kasallanishiga olib kelishi mumkin.
Yorug‘lik rejimi ham muhim omillardan biridir, chunki ortiqcha yorug‘lik jo‘jalardastress va agressivlikni keltirib chiqarishi mumkin. Ilk 10 kunlik davrda 60 lyuks, keyin esa 40 lyuks yorug‘lik tavsiya etiladi. Ayrim fermerlar tunda yorug‘likni qisqa vaqtga o‘chirish usulini qo‘llaydilar, bu jo‘jalarning oshqozon-ichak tizimini yaxshilashga yordam beradi.
Havo almashinishi ham juda muhim. Toza havo nafaqat jo‘jalarning yaxshi rivojlanishi, balki turli kasalliklarning oldini olishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Karbonat angidrid va ammiak kabi zararli gazlarni chiqarish uchun ventilyatorlar muntazam ishlatilishi shart.
Oziqlantirishda esa jo‘jalarning yoshiga qarab kunlik iste’mol miqdori nazorat qilinadi. Masalan, yangi chiqqan jo‘jalarga 5-8 gramm, katta jo‘jalarga esa 150-200 gramm oziq berilsa maqsadga muvofiq. Yemni saqlashda esa harorat+5°C dan +25°C gacha va namlik 40-50% bo‘lishi kerak.
Suv ta’minoti ham jo‘jalarning hayoti uchun zarur. Suv harorati24°C atrofida bo‘lishi talab qilinadi, chunkiyuqori yoki past harorat oshqozon-ichak muammolarini keltirib chiqarishi mumkin.
Profilaktika va davolash uchun jo‘jalarning ilk kunlaridanoqtoza suv, antibiotiklar va koksidiostatlar ishlatilishi zarur. Vaksinalar+2°C dan +8°C gacha bo‘lgan haroratda saqlanishi kerak.
To‘shama sifati ham katta ahamiyatga ega. U yetarli darajada qavatli, namlanmagan va ifloslanmagan bo‘lishi shart. Masalan, sholi qipig‘i, yog‘och qipig‘i yoki pista po‘chog‘i qo‘llanilishi mumkin.
Shuningdek, zararsizlantirish (dezinfeksiya) ishlari ham doimiy ravishda amalga oshirilishi zarur. Bunga ohaklash, formalin va boshqa maxsus vositalar qo‘llaniladi. Mazkur tavsiyalar o’z vaqtida,to’g’ri tatbiq etilsa jo’jalarni sog’lom o’stirishning imkoniyatlari ortadi.


