Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidagi “Hamkor namuna” fermer xo‘jaligida zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish “100 tashabbus” dasturi doirasida pokak ustida sholi yetishtirish ishlari sinov tariqasida amalga oshirilmoqda.
Farg‘ona viloyati agroxizmatlar markazi mutaxassislari hamda Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari bilan hamkorlikda tajriba maydonida innovatsion usulda sholi yetishtirish ishlari tashkil etildi.
Ushbu yondashuv suv resurslaridan samarali foydalanish, yer maydonlarini tejash hamda bir vaqtning o‘zida baliqchilik va dehqonchilikni uyg‘unlashtirish imkonini beradi.




